«iiv yhxbb» tegli maqolalar


Qashqadaryo hokimligi haydovchisi yo‘l qoidalarini qo‘pol tarzda buzdi
6 yanvar 2022, 11:57

Qashqadaryo hokimligi haydovchisi yo‘l qoidalarini qo‘pol tarzda buzdi

Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari xizmat mashinasi ekanligi aytilayotgan Trailblazer haydovchisi YPX xodimlari ko‘z o‘ngida uchta yo‘l harakati qoidasini buzdi. Video internetda e’lon qilinganidan so‘ng, avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Mashina oynalari ham ruxsatsiz qoraytirilgani ma’lum bo‘ldi.

Namangandagi ikkita YTHda 3 kishi vafot etdi, yana 8 kishi og‘ir tan jarohati oldi
1 noyabr 2021, 15:58

Namangandagi ikkita YTHda 3 kishi vafot etdi, yana 8 kishi og‘ir tan jarohati oldi

Namangan viloyatida Damas mashinasi ishtirokidagi yo‘l transport hodisasida 8 kishi og‘ir tan jarohati oldi, ikki yo‘lovchi vafot etdi. Yana bir holatda esa Damas haydovchisi 71 yoshli fuqaroni yo‘ldan o‘tayotganida urib yubordi.

Toshkentda Matiz yo‘l chetidagi piyodalarni urib yuborishi oqibatida 3 kishi jarohat oldi
27 oktabr 2021, 14:55

Toshkentda Matiz yo‘l chetidagi piyodalarni urib yuborishi oqibatida 3 kishi jarohat oldi

Mirobod tumanida Matiz avtomashinasi yo‘l chetida turgan piyodalarni urib yuborib, ag‘darilib ketgan. Oqibatda 3 nafar piyoda tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yo‘l chetida turgan avtomobillarga ham zarar yetgan.

Toshkentda avtomashinadan tanasini chiqarib, operatorlik qilgan shaxslar jazolandi
12 oktabr 2021, 09:52

Toshkentda avtomashinadan tanasini chiqarib, operatorlik qilgan shaxslar jazolandi

Toshkentda harakatdagi avtomobil eshigiga osilib va avtomashina salonidan chiqib operatorlik qilgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi
11 oktabr 2021, 09:52

Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi

Yakkasaroy tumanida Lacetti avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi yoritish chirog‘i ustuniga urilgan. To‘qnashuv oqibatida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Hodisa natijasida haydovchi va bir nafar yo‘lovchi vafot etgan.

“UZB”, “AAA” kabi seriyali davlat avtomobil raqamlari ochiq savdoda, bu raqamlarni istalgan fuqaro xarid qilishi mumkin”, — YHXBB boshlig‘i
10 avgust 2021, 18:38

“UZB”, “AAA” kabi seriyali davlat avtomobil raqamlari ochiq savdoda, bu raqamlarni istalgan fuqaro xarid qilishi mumkin", — YHXBB boshlig‘i

YHXBB boshlig‘i Olimjon Saidov avtomobillar uchun 327 juft davlat raqamlari belgilari olti toifaga ajratilib, auksion orqali sotish yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Qo‘shimcha qilinishicha, “UZB” yoki “AAA” kabi seriyali davlat avtomobil raqamlari 2017 yildan buyon 36 million so‘mga sotilyapti, hozirda 50 dona raqam qolgan.

Toshkentda Lada Samara ag‘darilib, yonib ketdi
1 avgust 2021, 11:32

Toshkentda Lada Samara ag‘darilib, yonib ketdi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida “Vaz-2114” (Lada Samara) avtomobili ag‘darilib ketdi. Oqibatda bir nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

IIV YHXBB avgust-oktyabr oylarida 28 mlrd so‘mlik transport xarid qilgan
16 oktabr 2020, 12:23

IIV YHXBB avgust-oktyabr oylarida 28 mlrd so‘mlik transport xarid qilgan

Ichki ishlar vazirligi YHXBB uch oy ichida 28,3 mlrd so‘mga 30 ta Equinox, 40 ta Cobalt, 17 ta Malibu-2 va boshqa transport vositalarini sotib olgani ma’lum bo‘ldi.

Kosondagi YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi
29 avgust 2020, 11:05

Kosondagi YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi

Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidan o‘tuvchi 4K-339 yo‘lida Damas haydovchisi asosiy yo‘ldan kelayotgan «Kamaz»ni o‘tkazib yubormagani sababli YTH sodir etilgan. Uning oqibatida Damas haydovchisi va 18 yoshli yo‘lovchisi vafot etdi, ikki nafar kishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Marg‘ilondagi YTH oqibatida ikki nafar 22 yoshli yigit vafot etdi
27 avgust 2020, 10:43

Marg‘ilondagi YTH oqibatida ikki nafar 22 yoshli yigit vafot etdi

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Cobalt avtomobil tezligini me’yoridan oshirgani sababli rul boshqaruvini yo‘qotib, Spark avtomobili bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida Cobalt avtomobilining haydovchi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi, 3 kishi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi.

Nukusda Damas poyezd vagoni bilan to‘qnashdi
25 avgust 2020, 15:20

Nukusda Damas poyezd vagoni bilan to‘qnashdi

Nukusda 6 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Damas temir yo‘l kesishmasida teplovoz tortib kelayotgan poyezd vagoni bilan to‘qnashdi. Haydovchi va 3 yo‘lovchi jarohatlandi, qurbonlar yo‘q.

Chinozdagi ayanchli YTHda bir kishi hayotdan ko‘z yumdi
29 iyul 2020, 15:28

Chinozdagi ayanchli YTHda bir kishi hayotdan ko‘z yumdi

Chinoz tumani hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lida Lacetti va Cobalt yengil avtomobillari to‘qnashdi. Natijada bir kishi voqea joyida vafot etdi, bir kishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.

Jizzaxda yuk avtomashinasi ag‘darildi
24 iyul 2020, 18:21

Jizzaxda yuk avtomashinasi ag‘darildi

Jizzax viloyati xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lida Traller rusumli yuk avtomashinasining haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yuk avtomashinasi ag‘darildi. YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Gulistondagi YTHda bir kishi vafot etdi
24 iyul 2020, 14:34

Gulistondagi YTHda bir kishi vafot etdi

Guliston shahrida Neksiya va HOWO yuk avtomashinasi ishtirokidagi yo‘l transport hodisasi natijasida Neksiya haydovchisi vafot etdi va uning ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi.

Qashqadaryoda YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi va 6 kishi jarohatlandi
13 iyul 2020, 10:33

Qashqadaryoda YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi va 6 kishi jarohatlandi

Qashqadaryo viloyatida Orlando yengil avtomobili “Yo‘l bering” yo‘l belgisiga va svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmagani sababli DAF yuk avtomashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi va olti nafari esa olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga yotqizildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting